Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
11-sentyabr — “Butunjahon yovvoyi tabiat jamg‘armasi” tashkil topgan kun
11:49 / 2023-09-11

“Butunjahon yovvoyi tabiat jamg‘armasi” tabiatni asrashni tashkil etish, dunyoning barcha hududlarida tabiatni asrashda yuzaga kelgan muammolar bilan jiddiy shug‘ullanish maqsadida 28 ta milliy tashkilotlarning uyushma a’zolarini va yana shu qatorda 5 milliondan oshiq oddiy aholini birlashtirgan.

Ushbu tashkilot 1961 yilda tashkil etilgan bo‘lib, 1962 yilda o‘zining birinchi tashabbusini ko‘rsatdi va tashkilot vakillari barcha mamlakatlar bilan yovvoyi tabiatni asrash uchun bitim imzoladi.  

1971 yil Gollandiya shahzodasi Bernard prezident jamg‘armasiga shaxsan o‘zi murojaat etgan holda “Yovvoyi tabiatni asrash jamg‘armasi” (WWF) fondiga 10 ming dollar taqdim etdi. Ushbu hadya jamg‘armaning asosiy moliyaviy muammolarini hal etishda anchagina asqotdi. O‘zi esa jamg‘armaga yana yangi mingta qatnashchilarni a’zo qildi va jamg‘armaga 1001-a’zo sifatida qabul qilindi.  

Shu vaqtdan boshlab 11 sentyabr “Butunjahon yovvoyi tabiatni asrash kuni” sifatida dunyo bo‘ylab nishonlanib kelinadi.  

 

O‘zA