Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"11 noyabr — Kasaba uyushmalari kuni" arafasida uchrashuv o‘tkazildi
12:42 / 2025-10-30

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Nukus filialida 11 noyabr — Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati U.Jalmenov, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi o‘rinbosari, Mehnat inspeksiyasi boshlig‘i Q.Qirg‘izaliyev ishtirok etishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev 2020 yilda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining sakkizinchi qurultoyi ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigida kasaba uyushmalari tizimida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilganini, mehnat jamoalarida xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash ishlari yangi bosqichga ko‘tarilganini, mamlakatimizdagi eng yirik fuqarolik instituti bo‘lgan kasaba uyushmalarining o‘rni va roli oshib borayotganini alohida e’tirof etib, mustaqil davlatimiz tarixida ilk bor 11 noyabrni – “Kasaba uyushmalari kuni” etib belgilash taklifini bildirdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar Kasaba uyushmalari tizimining mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlardagi o‘rni, xodimlar manfaatlarini himoya qilish va mehnat madaniyatini yuksaltirishdagi ahamiyatini ta’kidlashdi. Shuningdek, mehnatkashlar huquqlarini himoya qilish, jamoa birdamligini mustahkamlash va ijtimoiy adolatni ta’minlashda kasaba uyushmalarining roliga alohida to‘xtalib o‘tishdi.

Uchrashuv davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari orasida filialning 304-guruh talabasi Parizod Jumanova “Kasaba uyushmasi stipendiyasi” sovrindori sifatida e’tirof etildi.  

Talabaga beriladigan yangi stipendiyaning maxsus sertifikati topshirildi. Ushbu stipendiya respublikada belgilangan eng kam ish haqining ikki barobarida belgilanib, 2026 yilning yanvar oyidan boshlab, olti oy mobaynida har oy to‘lanib boriladi.  

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri