Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
11 nafar iqtidorli talabaga «O‘zbekneftgaz» AJ stipendiyasi tayinlandi
09:27 / 2024-09-05

Bu haqda «O‘zbekneftgaz» AJ axborot xizmati ma’lum qildi. Unda qayd etilishicha, «O‘zbekiston – 2030» strategiyasida bilimli va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, global ishlab chiqarishning muhim bo‘g‘iniga aylangan kuchli iqtisodiyotni shakllantirish belgilangan.

Ushbu ustuvor vazifalar ijrosiga asosan I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti Toshkent shahridagi filialining 11 nafar talabasiga «O‘zbekneftgaz» AJ stipendiyasi maxsus sertifikatlari topshirildi.

Bu iqtidorli talabalar filialning ilmiy kengashi tomonidan tavsiya etilgan. Mazkur stipendiyaning joriy qilinishidan ko‘zlangan maqsad iqtidorli talabalarni rag‘batlantirish, ularni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb qilish hamda intellektual va ma’naviy salohiyatini yuksaltirishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Ma’lumot o‘rnida, «O‘zbekneftgaz» AJ stipendiyasi O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1 barobarida belgilangan bo‘lib, o‘quv yilining sentyabr oyidan o‘quv yili yakuniga qadar har oyda to‘lab boriladi. 2020 yildan to 2023 yilga qadar jami 27 nafar talabaga ushbu stipendiya tayinlangan.

N.Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA