1,1 milliard so‘mlik po‘lat suv quvurlari o‘zlashtirilgani fosh etildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Qashqadaryo suv ta’minoti” MCHJ Muborak tumani filiali moddiy javobgar shaxslari va boshqalar tumanidagi “Ko‘hnashahar” va “A.Temur” hududidan o‘tuvchi uzunligi 2 500 metr bo‘lgan bozor bahosi 1,1 mlrd. so‘mlik po‘lat suv quvurlarini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O‘zA