Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
11-mart kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti
12:51 / 2026-03-10

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 11-mart kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechsi biroz qor yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi. Kechasi 1-3, kunduzi 2-4 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va  Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ayrim joylarda  tuman tushishi mumkin. Sharqdan   sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-10 daraja sovuq,  Ustyurtda kechasi 11-13 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.  

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan   sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja sovuq, Navoiy viloyati cho‘l hududlarida 5-10 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.  

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi  ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor yog‘adi). Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shimoli-sharqdan  sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-3 daraja sovuq,  kunduzi  2-5 daraja iliq bo‘ladi.  

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat kechasi Qashqadaryo viloyatining ba’zi joylarida biroz yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor yog‘adi). Tuman tushishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 9-14 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi  5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi  ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor yog‘adi), tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shimoli-sharqdan  sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, bu kuchayish ba’zi joylarda 22-25 metrgacha tezlashishi mumkin. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 1-6 daraja iliq  bo‘ladi.  

Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi,  ba’zi joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi (asosan qor yog‘adi), ayrim joylarda kuchli yog‘ingarchilik bo‘ladi.Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi  xavfi bor.  Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.  Ba’zi joylarda shamolning tezligi  sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi kutilmoqda. Kechasi 10-15, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

O‘zA