Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
11 dona baliq ovlagan fuqaro 3,5 mln. soʻm jarimaga tortildi
18:33 / 2019-10-05

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi inspektorlari Shoʻmanoy tumani hududidagi oqib oʻtuvchi suvdan noqonuniy baliq ovlayotgan brakonyerlarni qoʻlga tushirdi.


Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi inspektorlari Shoʻmanoy tumani hududidagi oqib oʻtuvchi suvdan noqonuniy baliq ovlayotgan brakonyerlarni qoʻlga tushirdi. Bu haqda qoʻmitaning jamoatchilik va OAV bilan ishlash boʻlimi xabar bermoqda.

Fuqaro T.J. 6 dona sazan, 4 dona oq amur, 1 dona tolstolobik baliqlarini noqonuniy ovlab, hayvonot olamiga 3 mln. 568 ming soʻm ziyon yetkazgan. Hozirda toʻplangan hujjatlar Shoʻmanoy tumani Maʼmuriy ishlar Sudiga taqdim qilingan.