Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
107 ta oila qayta tiklandi
17:05 / 2025-10-03

Sirdaryo viloyatining Shirin shahrida oilalarni asrash va farzandlarning haq-huquqini ta’minlash yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zga ko‘rinarli natijalar bermoqda.

Joriy yilning to‘qqiz oyi davomida Majburiy ijro byurosi shahar bo‘limi tomonidan 242 ta aliment ishi ko‘rib chiqilib, 2,7 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ undirildi. Bu pullar farzandlarning kundalik ehtiyojlariga yo‘naltirildi. Eng muhim jihati — ijro jarayonlari tufayli 107 ta oila qayta tiklandi.

– Oila — jamiyatning asosiy poydevori. Farzand baxti oila mustahkamligiga bog‘liq. Shu bois biz qarzdorlikni undirish bilan cheklanmay, oilalarni saqlab qolishga ham e’tibor qaratamiz, – deydi bo‘lim boshlig‘i Akmal Abdukarimov.

Ishsiz qarzdorlarni ishga joylashtirish masalasi ham yechim topgan. Xususan, 74 nafar qarzdor mehnat yarmarkalari orqali ish bilan ta’minlandi. Bu esa ularning farzandlari oldidagi mas’uliyatini ado etishi uchun keng imkoniyat yaratdi.

Shuningdek, aliment to‘lashdan ikki oydan ziyod muddat bo‘yin tovlagan 24 nafar qarzdorga nisbatan ma’muriy chora ko‘rildi, bir nafar shaxs esa jinoiy javobgarlikka tortildi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri