Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
106 gektar maydonda ekoshahar barpo etiladi
16:36 / 2026-01-13

Termiz tumanidagi Navro‘z mahallasida ikkita maktab va boshqa ijtimoiy soha ob’ektlari, zamonaviy ko‘p qavatli uy-joy, savdo, maishiy xizmat ko‘rsatish nuqtalari, akvapark va mehmonxonalardan iborat “Termiz ekoshahar” loyihasi qurilishiga tamal toshi qo‘yildi.

Joriy yilda Surxondaryo viloyatida hududlarning shaharsozlik qiyofasini zamonaviylashtirib, aholini zarur infratuzilmalarga ega qulay, sifatli turar-joy bilan ta’minlash uchun qator yirik loyihalar amalga oshiriladi. 

Yangi yilning ilk haftalarida qurilishi boshlangan yirik loyihaning dastlabki bosqichida 26 gektar maydonda 4 mingdan ortiq turar-joy, shuningdek, savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtasini qurish mo‘ljallanmoqda.

Bunyodkorlik ishlari boshlanishiga bag‘ishlangan tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, loyiha doirasida barpo etiladigan turar-joy va boshqa inshootlarning joylashuvi, shuningdek, birinchi bosqichda qurilishi rejalashtirilgan ob’ektlar taqdimoti bilan tanishdi. Mutasaddilarga tasdiqlangan loyihalarni sifatli va belgilangan muddatda amalga oshirish, barcha muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarini to‘liq ta’minlash yuzasidan tegishli vazifalarni belgilab berdi.

Zamonaviy muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ega bo‘ladigan ekoshahar 106 gektar maydonda qad rostlaydi.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri