Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
105 yoshdan oshgan Suxsurbu ayaga davlat mukofoti topshirildi
09:43 / 2025-08-30

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyatining Pop tumanida ham mehnat faxriylariga, ayniqsa, yurtimiz taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan nuroniy otaxonu onaxonlarga yuksak ehtirom ko‘rsatilmoqda.

105 yoshdan oshgan Suxsurbu aya Imomqulova barokatli umr yo‘lini kechirgan keksa avlod vakillaridan. U kishi butun hayotini qishloq xo‘jaligiga, el xizmatiga bag‘ishladi. Besh farzand, 64 nabira va 40 dan ortiq evarani tarbiyalab, yurt xizmatiga qo‘shdi.

[gallery-25051]

Mustaqilligimizning 34 yilligi arafasida Suxsurbu aya Imomqulova Prezidentimiz Farmoniga muvofiq “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi. 

Bugun onaxonning xonadoniga viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov hamda viloyat “Nuroniylar” jamg‘armasi raisi Ikromxon Najmiddinov tashrif buyurib, davlat mukofotini tantanali ravishda topshirdi. Samimiy suhbat chog‘ida Suxsurbu aya o‘z mehnat yo‘li haqida to‘xtalib, yurtimiz tinchligi hamda farzandlar baxti uchun ezgu tilaklarini bildirdi.

Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA