English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
105 ta yaroqsiz uy o‘rniga tadbirkorlar tomonidan ko‘p qavatli uy-joylar quriladi
19:07 / 2021-05-28

Joriy yilda Qoraqalpog‘iston, Andijon, Buxoro, Namangan, Surxondaryo, Toshkent viloyati, Xorazm, Farg‘ona va Toshkent shahri hokimlari jami 105 ta yaroqsiz uy o‘rniga tadbirkorlar tomonidan ko‘p qavatli uy-joylar qurib berish tashabbusini bildirgan.

Videoselektorda ushbu hududlar rahbarlariga bir oy muddatda renovatsiya asosida tadbirkorlar tomonidan quriladigan uylar bo‘yicha barcha tashkiliy masalalarni hal qilib berish vazifasi qo‘yildi.

Shu bilan birga, joriy yilda 66 ta uylar mahalliy byudjet hisobidan yoki tadbirkorlar bilan birga qurib beriladi. Shuningdek, joriy yilda 456 ta avariya holatidagi uylarni ta’mirlash ishlarini yakuniga yetkazish kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Ushbu maqsadlarga joriy yilda Moliya vazirligi 100 milliard so‘m, viloyat hokimlari 60 milliard so‘m ajratishi bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Bundan tashqari, joriy yilda 2 ming 400 ta, kelgusi ikki yilda 4 ming 100 ta ko‘p kvartirali uylar ta’mirlanadi.

O‘zA