Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
102 yoshli otaxonga davlat mukofoti topshirildi
18:28 / 2025-08-28

Navoiy viloyati Xatirchi tumani Oltinsoy mahallasida istiqomat qiluvchi 102 yoshli Jo‘raqul bobo Tog‘ayev ham mustaqilligimizning 34 yillik bayrami arafasida Prezidentimiz farmoniga muvofiq “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.

Otaxonga yuksak mukofotni viloyat hokimi Normat Tursunov topshirdi.

Viloyat hokimi Jo‘raqul boboga Prezident sovg‘asini topshirarkan, u kishini bayram bilan qutlab, Vatan osoyishtaligi, el-yurt ravnaqi yo‘lida qilgan xizmatlari uchun minnatdorchilik bildirdi.

J.Tog‘ayev traktorchilik kasbi bilan uch o‘g‘il, ikki qizni voyaga yetkazgan. Bugun esa 20 nafar nabira, 23 nafar chevaraning qurshovida keksalik gashtini surmoqda. 

Yuksak mukofotni qabul qilar ekan, Jo‘raqul bobo ham tinch va dorilomon kunlarimizga shukronalik keltirib, duoga qo‘l ochdi.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri