French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
102 nafar mansabdor shaxsga intizomiy chora qo‘llanildi
09:18 / 2022-08-01

Farg‘ona viloyatida adliya organlari tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonida joriy yilning o‘tgan davrida 5 mingdan ziyod qonun buzilishi holati aniqlandi.

Mazkur holatlarning 4 ming 853 tasi muddat buzilishi, 152 tasi vakolatli organlar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat xizmatlari ko‘rsatilishi, 11 tasi ortiqcha hujjatlar talab qilinishi, 308 tasi murojaatlarning asossiz rad etilishi, 60 tasi boshqa turdagi qonun buzilishlariga to‘g‘ri keladi.

Korxona va tashkilotlar kesimida tahlil qilinganda qonun buzilishi holatlarining aksariyati gaz, elektr, suv korxonalari, kadastr, sog‘liqni saqlash, soliq va qurilish idoralariga to‘g‘ri kelmoqda. Aniqlangan qonun buzilishi holatlarining oldini olish hamda bartaraf etish maqsadida vakolatli organlarga 64 ta taqdimnoma kiritilib, 59 nafar mansabdor shaxslar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi hamda 63 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnomalar rasmiylashtirildi. Shuningdek, 102 nafar mansabdor shaxsga nisbatan intizomiy javobgarlik choralari qo‘llanildi, shundan 4 nafar mas’ul xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

M.Sulaymonov, O‘zA