Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
101 yoshli Melibu momo – “Shuhrat” medali sohibi
09:34 / 2025-08-30

FOTOREPORTAJ

Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida istiqomat qilayotgan 101 yoshli Melibu momo Matisaqovaga mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan Prezidentimiz Farmoniga ko‘ra, “Shuhrat” medali topshirildi. 9

[gallery-25046]

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov momoning xonadoniga tashrif buyurib, davlat rahbari nomidan mukofot va sovg‘alarni yetkazdi.

Umrini halol mehnatga bag‘ishlagan Melibu momo Katta Farg‘ona kanali qurilishida ham ishtirok etgan. Bugun esa 63 nabira va 20 dan ziyod chevara og‘ushida keksalik gashtini surmoqda. 

Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA