Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
1000 kitob loyihasi taqdimoti o‘tkazildi (+video)
15:11 / 2025-10-21

Tadbir 20 va 21 oktyabr kunlari Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida bo‘lib o‘tdi.

Unda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan qator loyihalar – “Ibrat farzandlari”, «Mutolaa», “Ustoz CI”, «Vikimarafon», «Uzchess», “Qizlar akademiyasi” va “Milliy karaoke”, “Yoshlar uchun ming kitob” taqdim etildi.

Tadbir doirasida “Ibrat farzandlari” loyihasining yoshlar o‘rtasida o‘zbek tilida notiqlik, nutq madaniyati va ijodiy ifoda ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan chiqishlari o‘tkazildi. «Vikimarafon» tashabbusi orqali esa o‘zbek tilidagi onlayn kontent hajmini oshirish, Vikipediyada sifatli maqolalar yaratish va milliy merosni raqamli makonda keng targ‘ib etish ishlari yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar e’tirof etildi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/iEd9EmPDpVw" title="1000 kitob loyihasi taqdimoti o‘tkazildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Ziyovuddin Nuriddinov, Oybek Davranov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA