Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
100 yoshli daraxtlarga tabiat yodgorligi maqomi beriladi
21:26 / 2020-03-11

Buxoro viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan bildirilishicha, viloyatda yoshi yuz va undan oshgan daraxtlarga “Davlat tabiat yodgorligi” maqomi beriladi.


Buxoro viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan bildirilishicha, viloyatda yoshi yuz va undan oshgan daraxtlarga “Davlat tabiat yodgorligi” maqomi beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida“gi qonuni hamda hukumatning tegishli qaroriga asosan viloyatda yoshi yuz yil va undan oshgan daraxtlarni xatlovdan oʻtkazish ishlari natijasida 130 ta yoshi ulugʻ daraxtlar aniqlangan.

Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar masalalari boʻlimi tomonidan Buxoro shahrining oʻzida 12 dona ushbu turdagi daraxtlar roʻyxati shakllantirildi. Mazkur daraxtlar atrofi tozalanib, yana-da oʻsishi va rivojlanishi uchun nazoratga olindi.

Mazkur yoshi ulugʻ daraxtlarni “Davlat tabiat yodgorligi” maqomini berish toʻgʻrisida hujjatlar rasmiylashtirilib, ularga mutaxassislar biriktirildi.

Daraxtlarning yana-da yashashi uchun jismoniy va yuridik shaxslarga davlat tomonidan muhofazaga olinganligi, agrotexnik tadbirlarni doimiy ravishda oʻtkazib borish va bu masalada javobgarligi tushuntirib oʻtildi.