French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
100 nafar talaba bepul o‘qitiladi
09:24 / 2023-09-26

Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlari rivojlanib bormoqda.

2022 yil sentyabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan SHHT sammitida davlat rahbarlari “Xitoy va O‘zbekistonning “Ipak yo‘lining elektron tijorati” bo‘yicha hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonoti”ni amalga oshirish maqsadida ikki davlat o‘rtasida savdo va innovatsion hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan edi. 

O‘zbekistondagi Xitoy tadbirkorlari assotsiatsiyasi Toshkent davlat transport universiteti bilan hamkorlikda yurtimizda elektron tijorat va elektron to‘lovlar tizimini rivojlantirish maqsadida “Ipak yo‘lidagi globallashuv davrida elektron tijoratning o‘rni: hozirgi holati va istiqbollari” mavzusida forum o‘tkazdi. Forum doirasida xitoylik mutaxassislar tomonidan yangi o‘quv kurslari tashkil etilib, transchegaraviy elektron tijorat bo‘yicha 100 nafar talabani bepul o‘qitish dasturi ishlab chiqildi. 

[gallery-13694]

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Tovar-xomashyo birjasi, Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi, O‘zbekistondagi Xitoy tadbirkorlari uyushmasi, “O‘zbekiston pochtasi” AJ hamda Xitoyning boshqa kompaniyalari ishtirok etdi. 

Elektron tijorat sohasida malakali kadrlar tayyorlash jarayonining darajasi va sifati tubdan yaxshilangan o‘quv kurslari elektron tijoratning rivojida muhim rol o‘ynovchi pochta va logistika infratuzilmasini modernizatsiyalash, texnik yangilash hamda transchegaraviy elektron tijoratni rivojlantirishga qaratilgan. Shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini qulay va o‘z vaqtida jahon bozoriga eksport qilishni ta’minlash e’tiborga olingan. 

Nilufar Bozorova, Murod Xonxo‘jayev (surat), O‘zA