Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“100 matonatli ayol” loyihasi qalblarga quvonch ulashdi
16:28 / 2026-03-06

Olmaliq shahridagi “Metallurg” madaniyat saroyida “Olmaliq KMK” AJda “Ayollarni e’zozlash oyligi” doirasida “100 matonatli ayol” ijtimoiy loyihasi tashkil etildi.

Tadbirda so‘z olgan “Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Sa’di Shermatov ayollarni Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan kombinat rahbariyati nomidan muborakbod etib, o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi.

Ushbu xayrli tashabbus doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bo‘lgan hamda ko‘p bolali 100 nafar xotin-qizga kombinat rahbariyati tomonidan alohida e’tibor ko‘rsatildi. Ularning matonati e’tirof etilgan holda, kundalik ro‘zg‘or uchun zarur bo‘lgan zamonaviy maishiy texnika vositalari bayram sovg‘asi sifatida tantanali ravishda topshirildi.

“Metallurg” madaniyat saroyi ijodkorlari tomonidan tashkil etilgan konsert dasturi barcha ayollarni raqsga chorladi. Bunday e’tibor va g‘amxo‘rlikdan mamnun bo‘lgan ayollar Prezidentimiz tomonidan xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan yuksak ehtirom hamda kombinat rahbariyatining doimiy qo‘llab-quvvatlovi uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirdi.

Muhimi, bunaqa tashabbuslar kombinat jamoasida mehr-oqibat va ijtimoiy hamjihatlik muhitini yana-da mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

A. Musayev, O‘zA