French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
100 kishilik to‘y o‘tkazildi
12:25 / 2025-10-20

Yozyovon tumanida to‘ylar, oilaviy tantanalar hamda ma’raka va marosimlarni ixcham, dabdabasiz o‘tkazish borasida amaliy ishlar boshlandi.

“Bahor” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi mehnat faxriysi Ismoiljon Bolqonov xonadonida nabirasi A’zamjonning nikoh to‘yi o‘tkazildi. Mazkur to‘y nafaqat tumanda, balki butun viloyatda ham namunaviy tarzda, ixcham va samimiy ruhda o‘tgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Nikoh to‘yiga 100 nafar mehmon — qarindosh-urug‘lar, qo‘ni-qo‘shnilar, kuyov va kelinning do‘stlari taklif etildi. Fayzli tantanaga viloyat “Oqila ayollar” harakati a’zolari hamda tumandagi ziyoli ayollar vakillari ham ishtirok etishib, to‘yning hukumat belgilagan qoidalar asosida o‘tayotganini yuqori baholashdi. Ular bunday ibratli amaliyot boshqalar uchun ham namuna bo‘lishini ta’kidlashdi.

To‘yga kelganlar kuyov va kelinga baxt va bardavom muhabbat, xonadonga esa fayzu baraka tilashdi. Shu munosabat bilan xonadon egalariga tuman hokimining esdalik sovg‘asi topshirildi.

Bir so‘z bilan aytganda, Yozyovondagi bu to‘y ortiqcha dabdaba va hashamlarsiz, ixcham va ibratli tarzda o‘tdi.

Tumanda hukumatimizning 2025 yil 16 sentyabrdagi “Umumiy ovqatlanish korxonalarida hosil bo‘ladigan oziq-ovqat chiqindilaridan samarali foydalanish va ularning atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish hamda ortiqcha isrofgarchiliklarning oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadidagi bunday tadbirlar davom etmoqda. 

Azimjon Xudoyqulov,
Farg‘ona viloyati Yozyovon tumani hokimligi axborot xizmati rahbari,
O‘zA