Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
10 yoshli ustoz
13:47 / 2025-07-11

FOTOREPORTAJ

Surxondaryo  viloyati Termiz tumanidagi 16-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 4-sinf o‘quvchisi Shodiya Xushbakova 10 yoshda bo‘lishiga qaramay, ingliz tilidan B2 darajadagi milliy multilevel sertifikatga sazovor bo‘ldi.  

[gallery-24267]

Bu muvaffaqiyat mehnatsevar o‘quvchi, fidoyi ustozlari va qo‘llab-quvvatlovchi oilaning mushtarak yutug‘idir. Shodiya 7 yoshidanoq ingliz tilini katta qiziqish bilan o‘rganishga kirishdi. Hozirda u maktabdagi ingliz tili to‘garagining faol a’zosi. E’tiborli jihati, Shodiya nafaqat o‘rganmoqda, balki o‘rgatmoqda ham. U ayni ta’til kunlari mahallasida o‘zidan kichik yoshdagi bolalarga dars o‘tib, o‘z bilimini ular bilan bajonidil bo‘lishmoqda.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/bQr3mG5ELUA?si=BxmM_B-LTsMeRmQA" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA