Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
10 yoshli bola onasi tarbiyasiga olib berildi
12:22 / 2021-06-21

Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Shahrisabz tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan, M.Nazarovaning voyaga yetmagan 10 yoshli farzandi Ma’rufjonni tarbiyasiga olib berish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud.

– Ijro hujjati kelib tushgan kunning o‘zida davlat ijrochisi tomonidan belgilangan tartibda “ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan, – deydi MIB Shahrisabz tuman bo‘limi boshlig‘i Akbar Radjabov. – Bo‘lim xodimlari tomonidan qarzdorga voyaga yetmagan bolani onasiga ixtiyoriy ravishda topshirish to‘g‘risida ogohlantirish xati yuborilgan. Lekin qarzdor bolani onasiga berishdan bosh tortgan. Shunga ko‘ra, joriy yilning 15 iyun kuni davlat ijrochilari tomonidan M.Nazarovaning bir nafar voyaga yetmagan farzandini o‘z tarbiyasiga majburiy tartibda olib berilib, ijro hujjati amalda tamomlandi.

O‘lmas Barotov, O‘zA