Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
10 ta hududda YAHM tarkibida xizmatlar sohasining ulushi ortgan
12:30 / 2023-03-25

PMTI tahliliga ko‘ra, 2022 yilda xizmatlar sohasi jadal sur’atlarda rivojlangan. Sohadagi o‘sish 2021 yildagiga nisbatan 15,9 foizni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich asosan aloqa va axborotlashtirish, ta’lim, yashash va ovqatlanish, ko‘chmas mulk, ijara, transport hamda moliyaviy xizmatlar kabi yo‘nalishlardagi sezilarli o‘sish hisobiga to‘g‘ri keladi.

Aholining real daromadlari yuqori bo‘lgan Toshkent shahri bilan bir qatorda, Namangan, Buxoro, Jizzax viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham xizmatlar sohasida yuqori o‘sishga erishildi. Butun mamlakatdagi kabi bu hududlarda ham asosan moliyaviy xizmatlar hamda aloqa va axborotlashtirish xizmatlariga talab yuqori bo‘ldi. Andijon va Sirdaryo viloyatlarida xizmat ko‘rsatish sohasidagi o‘rtacha o‘sish su’rati biroz pasaydi.  

Hududlarda xizmatlar sohasidagi o‘zgarishlar tahlil qilinganda, 10 ta hududda YAHM tarkibida xizmatlar sohasining ulushi ortgan. Bunda YAIM tarkibidagi ulushi 2021 yildagi 39,6 foizdan 2022 yilda 41,5 foizga oshgani kuzatildi.

Shuningdek, hududlarda xizmatlar sohasining rivojlanish darajasiga ko‘ra, mamlakatning ko‘pgina hududlarida (7 ta hudud) aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan xizmatlar hajmi 5-6 million so‘m oralig‘ida bo‘lib, Navoiy, Toshkent va Buxoro viloyatlarida bu ko‘rsatkich 7,9-10,0 million so‘mni tashkil etdi.  

Toshkent shahri 47,2 million so‘mlik ko‘rsatkich bilan bu yo‘nalishda ham yetakchi mavqega ega, deyiladi tahlilda.

O‘zA.