French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
10 nafar yosh bokschimiz qit’a chempionligi uchun kurashadi
11:50 / 2022-03-14

Bugun, 14 mart kuni Iordaniya poytaxti Amman shahrida davom o‘tayotgan boks bo‘yicha qit’a chempionatining so‘nggi final janglarida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining 2004-2005 yillarda tavallud topgan 10 nafar a’zosi oltin medal uchun kurashga kirishadi.

Qit’a chempionatining final bahslari Toshkent vaqti bilan 16:00 dan keyin boshlanadi.  

Kecha, 13 mart kuni 2006-2007 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan murosasiz bahslar yakuniga ko‘ra, mamlakatimizning 6 nafar o‘smir bokschilari Osiyo chempioniga aylandi.   

Qit’aning 21 mamlakatidan 360 nafarga yaqin charm qo‘lqop ustalari qatnashayotgan musobaqada O‘zbekiston sharafini 25 nafar o‘smir va 24 nafar yosh bokschilar himoya qilmoqda.  

O‘smir qizlar o‘rtasida bir kun avval o‘tkazilgan janglarda 5 nafar sportchimiz qit’a chempionligini qo‘lga kiritgandi. Qizlar ortidan o‘g‘il bolalar ham o‘zbek boks maktabining salohiyatini namoyish qildi.   

Dastlab, 48 kilogrammda yurtimiz sharafini himoya qilgan Ilhomjon Ergashev hindistonlik raqibiga imkon qoldirmagan holda qit’a chempionatining oltin medalini qo‘lga kiritishi qolganlarga ham ruh bag‘ishladi.  

Shu tariqa, 50 kg.da Samandar Olimov, 70 kg.da Ja’farbek Shaxbozov, 75 kg.da Temurbek Abduvahobov, 80 kg.da Rahmonjon Qodirov hamda +80 kg.da Ozodbek Aliyev qit’a chempioni maqomiga ko‘tarilib, ular sharafiga O‘zbekiston madhiyasi yangradi.  



Kechagi uchrashuvlar yakunida shuningdek, iqtidorli bokschilarimiz Hojiakbar Qudratov, Sunnatilla O‘ktamaliyev, Mironshoh Norqosimov, Farrux To‘laganov va Mirzakamron Yunusov kumush medallarga ega chiqishdi.  

Bugun Ammanda o‘tadigan final janglarida mahoratli yosh bokschilarimiz Baxtiyor Asadov, Xo‘janazar Nortojiyev, Abduvali Bo‘riboyev, Javohir Ummataliyev, Alisher Ayubov, Abdulaziz Abdurahmonov, Rahmatillo Boymatov, Fazliddin Erkinboyev, Jamoliddin Qozoqov va Aynazar Kenesbayev o‘z vaznlarida qit’a chempionligi uchun ringga ko‘tariladi.  

Eslatib o‘tamiz, yoshlar o‘rtasidagi bahslarda yarim final ostonasigacha mag‘lubiyatsiz odimlagan Miralijon Mavlonov va Suhrob Aminov bronza medallar bilan kifoyalandi.   

To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA