English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
10 nafar mansabdor shaxs javobgarlikka tortildi
15:30 / 2024-09-19

Biznes-ombudsman devoni xodimlari tomonidan Namangan viloyatida yer uchastkalarini savdoga chiqarish jarayonlari hamda bu borada vakolatli tashkilotlarning faoliyati o‘rganilib, bir qator qonun buzilish holatlari aniqlandi.

Unga ko‘ra, kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 5 nafar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi, 2 nafar elektr ta’minoti korxonalari, 2 nafar gaz ta’minoti korxonalari va 1 nafar sanitariya xizmati mansabdor shaxslari ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Biznes-ombudsman ma’lumotiga ko‘ra, amaldagi qonunchilikka muvofiq, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion savdolari orqali realizatsiya qilinishi belgilangan. Yer uchastkalarini tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun elektron onlayn-auksion savdolariga o‘z vaqtida chiqarilishi tadbirkorlarni yer maydonlari bilan bog‘liq muammolarini tezkorlik bilan hal etilishiga xizmat qiladi. 

Biroq ayrim vakolatli tashkilotlar tomonidan yer uchastkalarini kelishish bilan bog‘liq harakatlarni o‘z muddatlarida bajarilmaganligi hamda tegishli hujjatlar elektron axborot tizimiga belgilangan vaqtda kiritilmaganligi sababli yer uchastkalarini savdoga chiqarishda kechikish holatlari yuzaga kelmoqda.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA