English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
10 mingta holatda chiqindilar belgilanmagan joyga to‘kilgan
16:03 / 2025-11-13

2025 yilning yanvardan boshlab noyabrigacha O‘zbekistonda chiqindilarni belgilanmagan va noqonuniy joylarga tashlash bilan bog‘liq 9817 ta huquqbuzarlik qayd etilgan.

Bu holatlar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining onlayn kuzatuv kameralarini o‘rnatish va doimiy kuzatuvlar olib borish ishchi guruhi tomonidan respublika bo‘ylab o‘rnatilgan IP-kameralari orqali aniqlangan.

Ushbu ma’lumotni vazirlik axborot xizmati tasdiqladi.  

Qayd etilishicha, huquqbuzarliklar 3714 ta holatda transport vositalari hamda 6103 ta holatda fuqarolar tomonidan sodir etilgan. Mazkur huquqbuzarliklar 2232 ta holatda tegishli tartibda jazoga tortilgan bo‘lib, yana 7585 ta holat chora ko‘rish bo‘yicha jarayonda turibdi.

Eng ko‘p huquqbuzarliklar Andijon (3001), Namangan (2937) hamda Farg‘ona (1645) viloyatlarida sodir etilgan. Shuningdek, Samarqand viloyatida 981 ta holat, Toshkent viloyatida 434 ta,  Surxondaryo viloyatida 250 ta, Sirdaryo viloyatida 144 ta holat aniqlangan.  

Toshkent shahrida esa 121 ta holat aniqlangan. Bundan tashqari, Xorazm viloyati — 117 ta, Navoiy viloyati — 99 ta, Qashqadaryo viloyati — 70 ta, Jizzax viloyatida 16 ta holat aniqlangan bo‘lsa, Buxoro viloyatida 2 ta holatda chiqindilar belgilanmagan va noqonuniy joylarga tashlangan.

Sodir etilgan huquqbuzarliklar bo‘yicha  jarima tayinlangan holatlar esa  2232 tani tashkil etib, bu bo‘yicha umumiy summa 956 million 887 ming so‘mni tashkil qiladi.

M.Eshmirzayeva, O‘zA