FOTOREPORTAJ
Andijonda “Sog‘lom hayot va farovon kelajak uchun” shiori ostida ommaviy yugurish marafoni bo‘lib o‘tdi.
Bobur shahri tepaliklarida o‘tkazilgan tadbirda 10 mingga yaqin kishi qatnashdi. “Talaba yugur”, “O‘quvchi yugur”, “Eco Save Aral–2025” va “Inson uchun” yo‘nalishlarida o‘tgan yugurish musobaqalarida turli yoshdagi aholi, talaba, o‘quvchi, imkoniyati cheklangan fuqarolar hamda bojxona xodimlari faol ishtirok etdi. Ularning natijalari maxsus raqamlangan zamonaviy texnik vositalar yordamida qayd etildi.
Marafon doirasida g‘oliblar viloyat bojxona boshqarmasi, viloyat hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi va boshqa tashkilotlar tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
[gallery-22933]
Tadbir aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish, sportni ommalashtirish hamda ekologik ongni yuksaltirishga xizmat qilishi bilan muhim ahamiyat kasb etdi.
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA