Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
10 mingdan ortiq maktabdan 842 tasining birorta bitiruvchisi oliy o‘quv yurtiga kira olmagan
12:12 / 2022-12-29

Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro kongress markazida ta’lim sohasidagi islohotlar haqida murojaat qilmoqda.

Agar biror fan zamonaviylikdan ortda qolsa, uni saqlab turishda nima ma’no bor? 10 mingdan ortiq maktabdan 842 tasining birorta bitiruvchisi oliy o‘quv yurtiga kira olmagan. Buni qanday baholash mumkin?

Biz “Bolalar yomon bo‘lib ketdi” degan fikrdan voz kechishimiz kerak. O‘zimizga savol qo‘yaylik – ularni yaxshi qilish uchun nimalar qildik?! Baribir ular o‘zimizning farzandlarimiz.  

Sizlar bilan bir tanu bir jon bo‘lib, jonajon O‘zbekistonimizning kelajagi haqida o‘ylashimiz shart, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

O‘zA