Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
10 ming 537 nafar fuqaroga 337 milliard so‘mlik subsidiya mablag‘i to‘lab berildi
17:48 / 2023-10-05

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ipoteka va uy-joy dasturlarining ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi.

Unda Iqtisodiyot va moliya vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Akbarjon Nig‘matov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 13 apreldagi “2023 yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalar ijrosiga ahamiyat qaratdi.  

–Unga ko‘ra, 2023 yilda bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashning asosiy parametrlari tasdiqlangan. Unda 90 mingta xonadonli uy-joylar qurilishini amalga oshirish va daromadi yuqori bo‘lmagan 30 mingta fuqaroga subsidiyalar ajratish belgilangan edi. Joriy yilning 9 oyi yakuni bo‘yicha 24 ming 185 ta xonadon foydalanishga topirildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 160 foizga oshganini ko‘rsatadi. Shuningdek, 55 ming 283 ta xonadonda qurilish ishlari o‘rtacha 68 foizga bajarildi. “Yangi O‘zbekiston” massivlarida 30 ming 639 ta xonadonli 837 ta ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi belgilangan bo‘lib, shundan 6 ming 110 ta xonadon qurilishi to‘liq yakunlandi va foydalanishga topshirildi. Ushbu massivlarda umumiy qiymati 650 milliard so‘mlik 57 ta ijtimoiy soha ob’ektini qurish ham ko‘zda tutilgan. Barcha ijtimoiy soha ob’ektlari noyabr oyida foydalanishga topshirilishi kutilmoqda, – dedi A.Nig‘matov.  

Tadbirda quruvchilarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash masalalariga ham ahamiyat qaratildi. Unga asosan “Yangi O‘zbekiston” massivlarida ko‘p qavatli uy-joylarni qurish uchun pudrat tashkilotlariga kredit ajratish uchun respublika byudjetidan 500 milliard so‘m resurs tijorat banklariga ajratilishi belgilangan. Hozirgi kunda 133 milliard so‘m mablag‘ tijorat banklariga yo‘naltirilgan. Shuningdek, 2023 yilda aholiga Ipoteka kreditlari ajratish uchun davlat byudjetidan 7 trillion 400 milliard so‘m miqdoridagi resurslarni tijorat banklariga joylashtirish belgilangan. Bugungi kunda 5 trillion 900 milliard so‘mlik resurslar joylashtirilgan.  

–Tijorat banklari tomonidan 2023 yilda jami 36 ming 713nafar fuqaroga 9 trillion 400milliard so‘mlik ipoteka kreditlari ajratilgan. Uning 25 ming 746 tasi birlamchi bozor, 10 ming 967tasi ikkilamchi bozor hissasiga to‘g‘ri keladi. 2023 yilda 30 ming nafar fuqaroga subsidiya to‘lab berilishi belgilangan. Ushbu yilning may-sentyabr oylarida subsidiya bo‘yicha 29 ming 485 tasiga ijobiy xulosalar taqdim etilgan. Bugungi kungacha jami 10 ming 537 nafar fuqaroga 337 milliard so‘mlik subsidiya mablag‘i to‘lab berildi, –dedi A.Nig‘matov.  

Brifing yakunida fuqarolarga subsidiya ajratish bo‘yicha avval taqdim etilgan, biroq belgilangan muddatda foydalanilmagan subsidiya limitlari 2023 yilning 3 oktyabridan jarayonga qaytarilgani va subsidiya uchun arizalar qabul qilishning ikkinchi bosqichiga start berilgani ma’lum qilindi.  

 

N.Ziyodullayeva,  

O‘zA