Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
10 million dollarlik bitim imzolandi
12:49 / 2018-08-20

Tojikiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida ikki davlat ishbilarmonlari biznes forumida “O‘zsanoatqurilishbank” va “Amonatbank” (Tojikiston) o‘rtasida 10 million dollarlik bitim imzolandi

Tojikiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida ikki davlat ishbilarmonlari biznes forumida “O‘zsanoatqurilishbank” va “Amonatbank” (Tojikiston) o‘rtasida 10 million dollarlik bitim imzolandi.

Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad Tojikiston banklariga kredit liniyalarini taqdim etish orqali qo‘shni respublikaga eksport qilinayotgan O‘zbekiston mahsulotlari hajmini ko‘paytirishdir.

Qayd etish joizki, davlatimiz rahbarining Tojikiston Respublikasiga davlat tashrifi doirasida “O‘zsanoatqurilishbank” va “Oriyonbank” o‘rtasida ham hamkorlik bitimi imzolangan edi. Hozirda ushbu bitim bo‘yicha 5 milliondollarlik kelishuv moliyalashtirildi.