Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
10 milliard so‘mdan ortiq noqonuniy sigaretlar to‘xtatib qolindi
10:26 / 2024-02-19

Ma’lumki, bojxona organlari tomonidan tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tizimli tarzda kurash olib borilmoqda.

Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Sariosiyo” temir yo‘l chegara bojxona postiga qo‘shni davlatdan Tojikiston Respublikasiga o‘tish uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelgan temir yo‘l poyezdi tarkibidagi vagonlardan biri bojxona postida mavjud bo‘lgan temir yo‘l vagonlarini skaner qilishga mo‘ljallangan inspeksion ko‘rik majmuasidan o‘tkazilganda, rentgen tasvirlarida vagon ichida yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan tovarlar borligi ma’lum bo‘ldi.    

Natijada ushbu vagon bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda “Changyutgich”, “Kir yuvish mashinasi” va “Quruq sut” kabi tovarlar orasida hujjatlarda ko‘rsatilmagan, aksiz markalari mavjud bo‘lmagan va bojxona nazoratidan yashirilgan umumiy qiymati 10 milliard 50 million so‘mlik 402 ming quti “Esse Change” nomli sigaret mahsulotlari borligi aniqlandi.  

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.    

Sh.Mamaturopova, O‘zA