Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
10 may sanasi bilan bog‘liq muhim voqealar
10:19 / 2022-05-10

1903 yil 10 mayda O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi G‘afur G‘ulom tavallud topdi (vafoti 1966 yil).

1909 yil 10 майда aktyor va kinorejissyor, O‘zbekiston xalq artisti Yo‘ldosh A’zamov tavallud topdi (vafoti 1985 yil). U rejissyor sifatida 1958 yilda “Maftuningman”, 1969 yilda “O‘tgan kunlar”, 1973 yilda “Mehrobdan chayon” (“Zulmatni tark etib…”) kabi filmlarni yaratdi.

1920 yil 10 майда matematik olim va jamoat arbobi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Sa’di Sirojiddinov tavallud topdi (vafoti 1988 yil). O‘rta Osiyo mutafakkirlarining ilmiy merosini o‘rganishda, O‘rta Osiyo, ayniqsa, O‘zbekiston uchun yuqori malakali matematik mutaxassislar tayyorlashda Sa’di Sirojiddinovning xizmatlari katta. U vafotidan so‘ng, 2002 yilda “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan.

1937 yil 10 майда kinooperator, rejissyor Hotam Fayziyev dunyoga keldi. U “Sen yetim emassan”, “Toshkent non shahri”, “O‘tgan kunlar”, “Chimildiq” kabi filmlarga operatorlik qildi. U 1999 yilda “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan.

1992 yil 10 майда O‘zbekiston Respublikasi Eron Islom Respublikasi hamda Pokiston Islom Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini o‘rnatdi.

2018 yil 10 майда O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2019 yil 10 майда O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sherikchilik to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi.

O‘zA