Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
10-mart — bugun Hindiston turli ranglarga burkanadi
09:21 / 2020-03-10

Holi — quyosh nuri va gullab-yashnayotgan tabiatning quvnoq shukuhi bilan toʻlgan bahor bayrami.


Bugun Hindistonda Holi bayrami. Bayram sanasi har bir yil uchun oʻziga xosdir. 2020-yilda bu sana 10-martga toʻgʻri keldi. Holi — hindlarning eng yorqin bayramlaridan biri boʻlib, fevral-mart oylariga toʻgʻri keladi. 

Holi — quyosh nuri va gullab-yashnayotgan tabiatning quvnoq shukuhi bilan toʻlgan bahor bayrami. Bayramda hamma “bang” ichimligidan isteʼmol qiladi. Ushbu ichimlik kenevir barglari va sut mahsulotlaridan tayyorlanadi.

“Bang” ichimligining bir nechta turlari mavjud. Hind oshxonasi hatto sutga qoʻshiladigan juda koʻp ziravorlari bilan ajralib turadi. Ushbu bayram bugungi kunda Hindistonda va xorijda keng nishonlanadi.