So‘ngi paytlarda pandemiya sharoiti, dunyo siyosiy maydonidagi vaziyatlar sabab iste’molchilarni aviachiptalar, qoldirilgan aviqatnovlar bilan bog‘liq bir qancha muammolar qiynamoqda.
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi «ishonch telefoni» orqali Jizzax viloyati Baxmal tumani «Qo‘shchinor» MFYda yashovchi 10 nafar fuqaroning murojaati kelib tushgan.
Fuqarolar Samarqand shahri, Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi, 112-uyda joylashgan “Quality Travel Group” aviakassasidan Rossiya Federatsiyasiga uchish uchun (4 300 000 ming so‘mdan) 10 kishi 43 millionga aviachiptalar xarid qilgan.
Ma’lum sabablarga ko‘ra, ular Rossiyaga uchmaydigan bo‘lgach, chipta uchun to‘lagan pullarini qaytarib olishmoqchi bo‘lgan. Ammo, qanchalik harakat qilishmasin, aviachipta uchun to‘lagan pullarini aviakassa xodimlari turli vajlar bilan berishdan bosh tortgan. Ushbu arizalarni Samarqand shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari o‘rgandi.
Jamiyat xodimlari aviakassa rahbariyatiga qonuniy jihatdan tushuntirib, iste’molchilarning huquqlarini buzishayotganini bildirgach, mablag‘ egalariga qaytarilgan.