French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
10 iyuldan subsidiyaga arizalar qabul qilish boshlanadi
09:45 / 2025-07-04

Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan 2025 yil uchun belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlar doirasida ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalarni olish uchun arizalar 10 iyul kuni soat 09:00 dan boshlab qabul qilinadi.

Subsidiya olish Davlat xizmatlari markazlariga bevosita murojaat qilish orqali yoki elektron tarzda my.gov.uz (https://my.gov.uz/oz/service/325) portali orqali amalga oshiriladi.

  • Ariza beruvchi va uning yaqin qarindoshlarining (bunda yaqin qarindoshlar arizada ko‘rsatilgan hollarda) o‘rtacha daromad miqdori quyidagi chegaralarda bo‘lishi zarur.  
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 3,12 million so‘mdan – 9,24 million so‘mgacha;
  •  Toshkent shahrida 3,12 million so‘mdan – 10,63 million so‘mgacha.

Subsidiya olish uchun quyidagilar talab etiladi:  

  • 30 balldan kam bo‘lmagan ijtimoiy reyting (ballar to‘g‘risida my.gov.uz saytida ma’lumot beriladi),  
  • Daromad chegaralari — viloyatlar va Qoraqalpog‘istonda 3,1 mln so‘mdan 9,2 mln so‘mgacha

— Toshkent shahrida: 3,1 mln so‘mdan 10,6 mln so‘mgacha bo‘lishi kerak.

Shuningdek, ariza beruvchi va turmush o‘rtog‘i nomida uy-joy bo‘lmasligi shart. Ijtimoiy himoyaga muhtojlar uchun alohida mezonlar mavjud.

Sh.Mamaturopova,

O‘zA