O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 10 dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 3-5 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18, ayrim tumanlarda 20-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18, ayrim tumanlarda 20-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 1-6 daraja iliq bo‘ladi.
Samarqand viloyatida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2-7, kunduzi 14-19 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor yog‘adi), tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi va kunduzi 2-7 daraja sovuq bo‘ladi.
Muhim hodisalar
9-10 dekabr kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi davom etadi.
9 dekabr kuni O‘zbekistonning ayrim joylarida yomg‘ir yog‘adi.
9-10 dekabr kunlari respublikamizning tog‘oldi va tog‘li tumanlarida yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor yog‘adi), vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik bo‘ladi.
9-10 dekabr kunlari shimolda va cho‘l hududlarida shamolning tezligi sekundiga 15-18, ayrim tumanlarda 20-22 metrgacha kuchayishi mumkin.
Havo haroratining asta-sekin pasayishi kutilmoqda, 10 dekabrda markaziy tumanlarda kechasi 2-5 darajagacha sovuq, kunduzi 3-6 darjagacha iliq, shimolda kechasi 7-10, kunduzi 0-3 daraja sovuq bo‘ladi.
O‘zA