Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
1-sinfga qabul qilish tartibi o‘zgarmoqda
22:58 / 2022-06-02

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, umumta’lim maktablarining 1-sinfiga qabul jarayonlari maktablarga biriktirilgan mikrohudud bo‘yicha joriy yilning 20 iyunidan 31 iyuliga qadar amalga oshiriladi.

Umumta’lim maktablarining o‘quvchi o‘rni, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlanganligi, sinf xonalarining o‘quv mebellari bilan jihozlanganligidan kelib chiqib, umumta’lim maktablarining bo‘sh o‘rinlariga mikrohududdan tashqari qo‘shimcha qabul jarayonlari 2022 yilning 1-15 avgust kunlari amalga oshiriladi.

Shuningdek, ota-onalarga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning markazidagi umumta’lim maktablarida 1-sinfga qabul jarayonlari elektron shaklda amalga oshiriladi.

Qolgan hududlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning boshqa tuman (shahar)laridagi umumta’lim maktablarida 1-sinfga qabul an’anaviy shaklda, ya’ni bevosita maktabda amalga oshiriladi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, umumta’lim maktablarining 1-sinfiga bolalar 7 yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinadi. Unga ko‘ra, yangi 2022-2023 o‘quv yilida 2015 yilning 1 yanvaridan 31 dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar 1-sinfga qabul qilinadi.

O‘zA