French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
1-sinfga onlayn qabul tizimi ishga tushirildi
14:52 / 2022-06-20

2022-2023-o‘quv yili uchun umumta’lim maktablarida 1-sinfga onlayn qabul uchun ro‘yxatdan o‘tish va ariza topshirish jarayoni boshlandi.

Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati tomonidan ma’lum qilindi.

Qabul uchun arizalarni my.maktab.uz elektron platformasi orqali topshirish mumkin.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, xizmat Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazidagi umumta’lim maktablari uchun mavjud.

Qabul jarayonlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni @mymaktab_uz telegram kanali yoki 71 203-07-04 telefon raqami orqali olish mumkin.

O‘zA