Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
1 sentyabrga qadar poytaxt drenaj tizimi master-rejasini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi
13:53 / 2024-01-29

Bundan tashqari, poytaxtdagi drenaj tizimi yog‘ingarchilik davrida aholi e’tiroziga sabab bo‘lmoqda.

Bu haqda Prezident raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Shu munosabat shahar hokimligi oldiga drenaj tizimidagi eng muammoli nuqtalarda qurilish ishlarini yakunlash hamda 1 sentyabrga qadar poytaxt drenaj tizimi master-rejasini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

O‘tgan yilda temir yo‘lda vagonlar parkini yangilash va yuk tashish hajmini oshirish bo‘yicha sezilarli natijaga erishilmagani ko‘rsatib o‘tildi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari”ga vagon ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishga ajratilgan mablag‘lardan unumli foydalanib, 1,5 mingta yuk va yo‘lovchi vagonlari ishlab chiqarishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

“Qo‘qon”, “Samarqand”, “Toshkent” vokzallari, “Andijon” va “Urganch” aeroportlari boshqaruvini xususiy sektorga berish masalasini o‘rganish topshirildi. Shahrisabz, Sariosiyo va Qo‘qon aerodromlarida ta’mirlash ishlarini yakunlab, mahalliy aviatashuvlarni yo‘lga qo‘yish vazifasi qo‘yildi.

 

O‘zA