Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
1 sentyabrdan bolalar nafaqasi to‘lash bo‘yicha bir qator o‘zgarishlar kutilmoqda
13:25 / 2021-08-28

Prezidentning 2021 yilning 11 avgustdagi “Kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish hamda kambag‘allik bilan kurashish ko‘lamini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan joriy yilning 1 sentyabridan boshlab kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi to‘lash bo‘yicha o‘rnatilgan yangi tartibning joriy etilishiga olib keladigan omillar va uning afzalliklari haqida O‘zA muxbiri O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparati bo‘lim boshlig‘i Dilshod Mirsaidov bilan suhbatlashdi.

– Mazkur farmon bilan kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha joriy yilning 1 sentyabridan boshlab qator o‘zgartirishlar kiritildi. Jumladan, amalda bo‘lib turgan bola ikki yoshga to‘lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi hamda 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa ikkita turi birlashtirildi. Ilgari 14 yoshgacha bolalar nafaqasi to‘langan bo‘lsa, endi bu yosh 18 yoshgacha uzaytirildi. Ilgari bu to‘lov muddati 6 oyga tayinlangan bo‘lsa, endilikda to‘lov muddati 12 oyga uzaytirildi.

Bundan tashqari, bu to‘lovlarning miqdori har bolaning sonidan kelib chiqib to‘lanishi belgilandi. Xususan, bir nafar farzand bo‘ladigan bo‘lsa, 250 ming so‘m to‘lanadi (agar farzand 3 yoshgacha bo‘lsa, 325 ming so‘m). Ikkita farzand bo‘ladigan bo‘lsa, ikkinchi farzandga 150 ming so‘m, uchinchi va unday keyingi farzandlar uchun 100 ming so‘mdan to‘lovlar amalga oshiriladi. Ilgari oilalarga bitta farzand uchun 194 100 so‘m to‘lov amalga oshirilgan bo‘lsa, hozir bitta farzandga 250 ming so‘m to‘lov amalga oshiriladi. Ikkita farzand bo‘ladigan bo‘lsa 400 ming so‘m amalga oshiriladi.

Ilgari uch va undan ortiq farzandlar uchun 384400 so‘m to‘lanar edi. Endilikda mazkur farmon bilan 3 nafar farzandi bor ota-onalarga 500 ming bolalar nafaqa puli to‘lanadi. Ilgari 4-5 nafar farzandli ota-onalarga ham 384400 so‘m bolalar nafaqa to‘lovini amalga oshirar edik. Endilikda har bir farzandi uchun 100 ming so‘mdan oshib borishi natijasida masalan 4 nafar bola bo‘ladigan bo‘lsa endi 600 ming so‘m (agar kichik farzand 3 yoshgacha bo‘lsa 675 ming.so‘m) bolalar nafaqa puli beriladi.

Yana farmonda yakka yolg‘iz, 18 yoshgacha farzandlari bo‘lmagan oilalarga moddiy yordam puli 380 ming so‘m etib belgilandi.

Ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam to‘lovlarini amalga oshirish uchun yashab turgan mahalla fuqarolar yig‘iniga faqatgina ariza bilan murojaat qilishning o‘zi kifoya qilinadi. Mahalla fuqarolar yig‘ini har oyning 15 sanasigacha arizalarni qabul qilishadi.

Mahalla fuqarolar yig‘ina har oyning 19 sanasigacha qabul qilingan arizalarni Pensiya jamg‘armasining tuman, shahar bo‘limlariga yetkazib berishadi. Pensiya jamg‘armasining tuman shahar bo‘limlaridan bu arizalar Pensiya jamg‘armasida “yagona axborot reyestr” tizimi ishlab chiqilgan. Bu arizalarni “yagona axborot reyestr” tizimiga kiritadi. Bu axborot tizimi shu bugungi kunda 13 ta vazirlik bilan bog‘langan. 40 turdan ortiq ma’lumotlarni elektron ko‘rinishda o‘zi yig‘adi. Jumladan, daromadlari to‘g‘risida, mol mulklari to‘g‘risida va boshqa vazirliklardan olingan ma’lumotlarga asosan belgilangan mezonlar bor. O‘sha mezonlarga to‘g‘ri kelgan taqdirda fuqarolarga ijtimoiy nafaqa yoki nafaqa tayinlanishi mumkin bo‘ladi.

Shuni ham aytish joiz, ijtimoiy nafaqa yoki moddiy yordam bilan tayinlanishni rad etish sabablari bor. Sabablaridan eng ko‘p muhokama qilinadiganlaridan bittasi fuqarolarning ishsizligi sababli. So‘ngi 6 oyda fuqarolar tomonidan bandlik organlariga ish so‘rab murojaat etmagan, o‘zini-o‘zi band qilmaganligi tufayli arizasi rad etilgan. Agar bandlik organlarga fuqarolar ishsizlar ro‘yxatiga olinadi. Ishsizlar ro‘yxatiga olingan taqdirda ijtimoiy nafaqa va pullari to‘lanishi mumkin.

Ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam puli to‘lovlari kam ta’minlangan deb bun oilalarga to‘lanadi.

Shahnoza Mamaturopova,

O‘zA muxbiri