MSK matbuot markazida Zayniddin Nizomxo‘jayev ishtirokidagi matbuot anjumani davom etmoqda.
Prezidentlikka nomzod ko‘rsatgan beshta siyosiy partiyalardan 53 ming 717 nafar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqari organlaridan 10 ming 733 nafar kuzatuvchilar saylovni bevosita kuzatib boradi.
Saylovni jami 971 nafar xalqaro kuzatuvchi, jumladan yigirmaga yaqin nufuzli xalqaro tashkilotlardan, xususan Yevropada Xavfsizlik Hamkorlik Tashkilotning Parlament Assambleyasi va Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi va MDH Parlamentlararo Assambleyasi, Turkiy tilliy davlatlar hamkorlik kengashi, Turkiy kengash Parlament Assambleyasi hamda Islom hamkorlik tashkiloti va boshqalar xalqaro tuzilmalardan jami 631 nafar, dunyoning 50 ga yaqin davlatidan 340 nafar xalqaro kuzatuvchilar bevosita kuzatib boradi.
Saylov jarayonlarida ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash maqsadida jami 197 ta mahalliy ommaviy axborot vositalarining 1439 nafar vakillari va 140 dan ortiq nufuzli xorijiy ommaviy axborot vositalarining 233 nafar jurnalistlari, umumiy hisobda 1 ming 672 nafar mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari akkreditatsiyadan o‘tkazildi.
N.Nasriyev,
O‘zA