Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
1 milliard 710 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlik holatlari fosh etildi
12:59 / 2024-06-26

“O‘zenergoinspeksiya” axborot xizmatiga ko‘ra, Andijon shahrida faoliyat yuritib kelayotgan “Z.B.X.” MCHJga qarashli ishlab chiqarish sexida elektr hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatilib, 745,3 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.

Asaka tumanida joylashgan “Z.P.” MCHJga tegishli bolalar bog‘chasining elektr qurilmalari o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulangan va 502,5 million so‘mlik elektr energiyasi o‘g‘rincha ishlatilgan.   

Shuningdek, Andijon shahrida joylashgan “Bolalar bog‘i”ning elektr hisoblagichiga tashqi ta’sir ko‘rsatilgan. Buning natijasida tizimga 462,5 million so‘m zarar yetkazilgan.  

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.  

N.Ziyodullayeva tayyorladi,

O‘zA