1 milliard 696 million soʻmlikdan ortiq noqonuniy tovarlar ushlandi
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Sariosiyo” temir yoʻl chegara bojxona posti xodimlari qoʻshni Tojikistondan mamlakatimiz orqali Rossiyaga ketayotgan yoʻlovchi poyezdining restoran-vagonini bojxona nazoratidan oʻtkazganida alkogol mahsulotini noqonuniy yurtimizga olib oʻtmoqchi boʻlingani fosh etildi.
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Sariosiyo” temir yoʻl chegara bojxona posti xodimlari qoʻshni Tojikistondan mamlakatimiz orqali Rossiyaga ketayotgan yoʻlovchi poyezdining restoran-vagonini bojxona nazoratidan oʻtkazganida alkogol mahsulotini noqonuniy yurtimizga olib oʻtmoqchi boʻlingani fosh etildi.Restoran-vagonning oʻt yoquvchisi sifatida kelayotgan Tojikiston Respublikasi fuqarosi meʼyoridan ortiqcha va bojxona organiga ogʻzaki dekloratsiyalanmagan 18 dona 0,5 litr hajmdagi idishlarga qadoqlangan pivo hamda 1,5 litr hajmdagi ikkita polietilen idishga qoʻl bola usulda quyilgan aroq mahsulotini sumkasi tagiga yashirib, olib kelayotgani aniqlandi.
Yana bir holatda esa Tojikistondan “Sariosiyo” chegara bojxona postiga kirib kelgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi X.M va K.Alar ham bojxona qonunchiligini buzib, mamlakatimizga oʻtmoqchi boʻlganida qoʻlga tushib qoldi. Ular bojxona toʻlovlaridan qochish maqsadida bir necha fuqaroni maʼlum haq evaziga yollab, 20 dona qishki kiyim-kechakni gʻayriqonuniy olib oʻtayotganida ushlandi.
Ayni paytda mazkur holatlar yuzasidan bojxona surishtiruvlari olib borilmoqda.
Viloyat bojxona boshqarmasidan olingan maʼlumotlarga koʻra, joriy yilning oʻtgan davrida viloyatning qoʻshni davlatlar bilan chegarasidagi bojxona postlarida 947 bojxona qonunbuzilish holati aniqlangan. Qiymati 1 milliard 696 million soʻmlikdan ortiq tovarlar ushlab qolinib, tegishli chora koʻrilgan. Oʻtgan yilning shu davriga nisbatan holatlar soni 416 taga, tovarlar qiymati 928,9 million soʻmga koʻpaygan.