Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
1 milliard 367 million so‘mlik imtiyoz bekor qilindi
15:05 / 2024-02-24

So‘nggi yillarda yurtimizning turizm salohiyatidan to‘liq va samarali foydalanish maqsadida tadbirkorlik sub’ektlariga bir qator imtiyozlar berilmoqda. Biroq, ayrim “tadbirkorlar” tomonidan ushbu imtiyozlarni suiiste’mol qilish holatlari ham uchramoqda.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasida tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan korxonabay o‘rganish ishlari davomida muqaddam bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazilgan “fankoyl, chiller, yo‘lovchi tashish lifti” kabi tovarlar o‘rnatilgan tadbirkorlik sub’ektiga tegishli bino ko‘zdan kechirildi.  

Natijada, bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida "tematik xiyobonlar, mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalarini qurish, qayta ta’mirlash va jihozlash uchun" deya imtiyoz qo‘llanilgan holda mamlakatimizga import qilingan tovarlar aslida boshqa maqsadlarda ishlatilgani aniqlandi.  

Natijada, bojxona rasmiylashtiruvi davomida qo‘llanilgan 1 milliard 367 million so‘mlik imtiyozlar bekor qilinib, davlat byudjetiga undirishga qaratildi.  

Sh.Mamaturopova, O‘zA