Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
1 milliard 250,6 million so‘mlik tovar moddiy boyliklar noqonuniy harakatining oldi olindi
16:55 / 2022-07-29

Davlat bojxona qo‘mitasining “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi (IBK) tomonidan Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti chegara bojxona postiga press-tur tashkil etildi.

Press-tur davomida bojxona qonunchiligini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish hamda mahalliy va xorijlik fuqarolarga qulayliklar yaratish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishtirildi. Shuningdek, mamlakatimizda bojxona sohasini tubdan isloh qilish, jismoniy shaxslarning chegara bojxona postlari orqali harakatlanishlarini osonlashtirish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar yuzasidan mutaxassislar tomonidan ma’lumotlar berildi.  

2018 yil yanvar oyidan boshlab xalqaro aeroportlarda “qizil” va “yashil” yo‘laklar tatbiq etildi. Bu fuqarolarning bojxona ko‘rigidan o‘tish jarayonini xorijiy standartlarga muvofiqlashtirish va soddalashtirish uchun xizmat qilmoqda.  

Statistika ma’lumotlariga nazar soladigan bo‘lsak, ushbu tizim joriy etilgan vaqtdan boshlab shu  kunga qadar bojxona nazoratidan o‘tgan yo‘lovchilarning o‘rtacha 96 foiz “yashil” yo‘lak orqali xarakatlangan bo‘lsa, qolgan 4 foiz “qizil” yo‘lak orqali xarakatlangan. Bu esa, o‘z navbatida yurtimizda fuqarolar xamda sayyoxlar uchun qulayliklar yaratish maqsadida qonun xujjatlari soddalashtirilishi natijasining yaqqol belgisidir. 

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti chegara bojxona posti faoliyatida yana bir yangilikka qo‘l urildi. Joriy yilning 1 iyul sanasidan boshlab aeroport hududining uchib ketish zalida “Masofaviy bojxona nazorati - bojxonachisiz bojxona” tizimi ishga tushirildi. Yangi tizimning ishlash tartibi va afzalliklari yuzasidan ishtirokchilarga batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Jurnalistlar ushbu tizimning qulayliklariga oid savollar bilan yo‘lovchilarga murojaat qilishdi. Ta’kidlash joizki, ilk marotaba mazkur tizim Camarqand xalqaro aeroportida joriy etilgan bo‘lib, xozirgi kunga qadar yo‘lovchilar ushbu tizim qulayliklarini his etishga ulgurishdi.  

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti chegara bojxona posti orqali 998 ta reysda (Xalqaro uchib ketish – 562ta, MDX uchib ketish 436ta) 154 ming 820 nafar yo‘lovchi (yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirgan holda 2554 nafar) post orqali uchib ketishgan. Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirgan holda harakatlangan 98 ta fuqaro shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilib, shundan 2 ta yo‘lovchida bojxona qonun buzilishi xolati aniqlangan.

Uchib ketish yo‘nalishi bilan harakatlanayotgan yo‘lovchilar orasida jami 21 ta holatda qiymati 1 mlrd. 250,6 mln. so‘mlik tovar moddiy boyliklar noqonuniy harakatining oldi olingan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,4 barobarga o‘sgan. Mazkur holatlar yuzasidan 1 ta jinoiy hamda 20 ta mamuriy huquqbuzarlik ishlari yuritilgan.

Endilikda, yangi tizim joriy etilganligi natijasida takrorlanuvchi tekshiruv harakatlarini kamaytirish orqali hozirda yo‘lovchilar hamda ularning qo‘l yuklari Aviatsiya xavfsizligi xodimlari tomonidan tekshirilib, ular tomonidan bojxona qonunchiligi buzilishi bo‘yicha shubha tug‘ilgan taqdirda, yuklar bojxona organlariga qonunchilik nuqtai nazaridan ko‘rib chiqish maqsadida taqdim etilmoqda.  

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA