Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
1 milliard 160 million so‘mlik noqonuniy tovar fosh etildi
12:16 / 2022-07-26

Namangan viloyati Kosonsoy tumanida 1 milliard 160 million so‘m qiymatdagi 5800 dona kiyim-kechak qo‘shni davlatdan noqonuniy olib o‘tilayotganda fosh qilindi.

Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar qildi.  

Noqonuniy o‘tkazma Namangan viloyati bojxona boshqarmasi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligidagi tadbirda aniqlangan. 

Qayd etilishicha, chegaradosh hududdan harakatlangan va tezkor kuzatuvga olingan muzlatgichli yuk avtomashinasi tumandagi "Jar" mahallasida to‘xtatilib, ko‘zdan kechiriladi. 

Yukxonadagi avvaldan tayyorlangan maxsus yashirin joyga 18 dona sintetik qoplar yuklangani oydinlashgan.  

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilyapti. 


Maftuna Karimova, O‘zA