Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
1 maygacha talab yuqori 100 ta kasb bo‘yicha Germaniya, Shveysariya va Buyuk Britaniya tajribasi asosida kasb standartlari ishlab chiqiladi
12:38 / 2024-02-05

Prezident raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda mutasaddilarga 1 maygacha talab yuqori 100 ta kasbni tanlab, Germaniya, Shveysariya va Buyuk Britaniya tajribasi asosida kasb standartlarini ishlab chiqish topshirildi.

Bunda kasbga talab ish beruvchi ehtiyojiga moslashadi. Ish beruvchilarning vakillari ta’lim muassasasida joylashishi uchun juda katta imkoniyatlar yaratiladi.  

Ular bilan har bir oliygoh, texnikum va kollejda texnopark, laboratoriya va amaliy monomarkazlar tashkil etish shartligi ko‘rsatib o‘tildi.  

Talabalar amaliyotni tashkil etilayotgan yangi korxonalarda ko‘proq o‘tkazishi lozimligi ta’kidlandi.

O‘zA