Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
1 iyuldan 3-15 yoshdagi bolalar yod preparati bilan bepul ta’minlanadi
16:38 / 2022-03-24

Prezident farmoyishi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan “ochiq muloqoti”da belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Yo‘l xaritasi 7 ta yo‘nalishdan iborat. Unga ko‘ra, 2022 yilda 136 ta va 2023 yilda yana 140 ta yangi poliklinika faoliyatini yo‘lga qo‘yiladi. 

2023 yildan joylardagi poliklinika filiallari negizida oilaviy shifokor punktlarini tashkil etiladi. 

Oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda kunduzgi statsionar ish vaqti soat 20:00 gacha uzaytiriladi. Ularda ishlaydigan shifokor va hamshiralar ish haqiga qo‘shimcha ustama to‘lanadi.  

2022 yil 1 maydan: 

– barcha tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida bolalar bo‘limini tashkil etish; 

– tibbiyot brigadalariga 2022–2023 yillarda qo‘shimcha 8 500 ta hamshira va doya shtat birliklarini berish; 

– 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarni pediatr, stomatolog, endokrinolog, ortoped kabi eng zarur mutaxassislar tomonidan manzilli ko‘rikdan o‘tkazish tizimini joriy qilish. 

– Tajribali shifokorlarning yakka tartibda oilaviy shifokorlik faoliyatini yuritishiga ruxsat berish ko‘zda tutilgan.

Joriy yil 1 iyuldan 3-15 yoshdagi bolalar yod preparati bilan bepul ta’minlanadi. 

Shuningdek, yangidan tashkil etilayotgan 46 ta tumanlararo perinatal markazlarda chaqaloqlar reanimatsiyasi bo‘limi faoliyatini yo‘lga qo‘yish qayd etildi. 

2022 yil 1 iyundan: 

– sog‘liqni saqlash tizimi xodimlarining oylik maoshini malaka toifasiga qarab qo‘shimcha 15 foizgacha oshirish; 

– yuqori texnologik murakkab operatsiyalarni bajargan shifokorlarga qo‘shimcha 25 foiz miqdorida ustama to‘lashni joriy etish. 

2022 yil 1 maydan: 

– barcha tibbiyot xodimlari uchun dastlabki va davriy kasbiy tibbiy ko‘rikni bepul o‘tkazish; 

– qon bilan bevosita ishlayotgan tibbiyot xodimlarini gepatit “V” kasalligiga qarshi bepul emlash. 

2022/2023 o‘quv yilidan: 

– hududlarda shifokorlarga bo‘lgan haqiqiy ehtiyojdan kelib chiqib, tibbiyot OTMda davlat grantlari asosida qabul kvotalari maqsadli oshirib borish; 

– ftiziatriya, gematologiya, nefrologiya, pulmonologiya, psixiatriya, shoshilinch tibbiy yordam, laboratoriya ishi, yuqumli kasalliklar kabi 15 ta tor sohadagi mutaxassislik bo‘yicha magistraturaga davlat grantlarini 4 baravarga oshirish; 

– olis va chekka hududlar oilaviy shifokorlik punktlari va oilaviy poliklinikalarining shifokorlari oylik ish haqiga qo‘shimcha 2 mln so‘m har oylik ustama belgilash; 

– “Qishloq shifokori” dasturi doirasida jalb qilingan shifokorlarga ipoteka asosida uy-joy sotib olish xarajatlarining 50 foizigacha qismini mahalliy byudjetlar mablag‘lari hisobidan qoplab berish; 

– olis va chekka hududlarda uzluksiz 3 yil ishlagan shifokorlarni klinik ordinaturaga test sinovlarisiz qabul qilish; 

– o‘z mahallasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilgan, shaxsiy namuna ko‘rsatgan tibbiyot xodimlari va jamoatchilik vakillari uchun “Xalq salomatligi posboni” ko‘krak nishonini ta’sis etish belgilangan. 


O‘zA