Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
1 avgust sanasi bilan bog‘liq muhim voqealar
09:08 / 2022-08-01

1939 yil 1 avgustda 270 kilometr uzunlikdagi Katta Farg‘ona kanalini qurish ishlari boshlandi. U 45 kunda umumxalq hashari yo‘li bilan qurib bitkazilgan.

Bu kanal O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston hududlaridan o‘tgan bo‘lib, O‘zbekistonning 32 ta paxtakor tumanlarini, 5 shahrini, Tojikistonning 4 ta tumanini suv bilan ta’minlay boshlagan. Bu qurilishga O‘zbekistondan 160 ming aholi jalb qilingan.

2005 yil 1 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosini bekor qilish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 2008 yilning 1 yanvaridan jinoiy jazo turi sifatida o‘lim jazosi bekor qilinishi va uning o‘rniga umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi joriy etilishi belgilandi.

2017 yil 1 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nogironlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

2017 yil 1 avgustda Samarqand shahridagi Shoirlar bog‘ida atoqli xalq baxshilari Islom shoir Nazar o‘g‘li, Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, Fozil Yo‘ldosh va Muhammadqul Jomurod o‘g‘li – Po‘lkan shoirning restavratsiya qilingan haykallari ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

O‘zA