Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
1 apreldan ko‘p kvartirali uylarning noturar qavatlarida bog‘chalar tashkil etilishiga ruxsat beriladi
12:05 / 2023-04-01

Mamlakatimizda 1 apreldan qurilish sohasida bir qator o‘zgarishlar bo‘dadi. Misol uchun, maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish maqsadida:

Yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini ko‘p kvartirali uylarning noturar qavatlarida yoki yakka tartibda qurilgan uy-joylarni sotib olish va keyinchalik ularni ta’mirlash hamda jihozlash orqali tashkil etishga ruxsat etiladi.

Davlat-xususiy sheriklik loyihasi doirasida ijaraga berilgan yer uchastkasida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti binosini qurgan xususiy sherik tomonidan ushbu binoning mazkur loyiha uchun bank kreditlari bo‘yicha garovga qo‘yilishiga oid cheklovlar bekor qilinadi.

Ko‘p kvartirali uylarning noturar qavatlarida bog‘chalar tashkil etilishiga ruxsat beriladi.

Qolaversa, tadbirkorlar yangi qurilgan ko‘p qavatli ishlab chiqarish binolari, 2023 yil 1 yanvardan keyin foydalanishga topshirilgan binolar yuzasidan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq bo‘yicha hisoblangan summani  

3 qavatli binoga – 0,9;  

4 qavatli binoga – 0,8,;  

5 qavatli binoga – 0,7;  

6 qavatli binoga – 0,6;  

7 va undan yuqori qavatli binoga – 0,5  pasaytiruvchi koeffitsiyentni qo‘llagan holda, bino foydalanishga topshirilgan oydan boshlab 3 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘laydi.

Bundan respublikaning shaharlari, shuningdek, Toshkent viloyatining Zangiota, Qibray va Toshkent tumanlarida joylashgan binolar mustasno.

Yangi qurilgan ko‘p qavatli ishlab chiqarish binolari uchun mol-mulk solig‘i pasaytiruvchi koyeffitsentda to‘lanadi.

O‘zA