Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
1 aprelda poytaxtning ayrim ko‘chalarida vaqtinchalik avtotransport harakati cheklanadi
16:24 / 2023-03-31

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, joriy yilning 1 aprel kuni “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida yosh yigit-qizlar va havaskorlar o‘rtasida duatlon bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazilishi sababli quyidagi ko‘chalarda avtotransport vositalarining harakati cheklanadi.

Soat 07:00 dan 08:00gacha  

Yangi O‘zbekiston ko‘chasining Istiqlol ko‘chasidan 3 qavatli yo‘l o‘tkazgichgacha bo‘lgan qismida qisman.  

08:00 dan 12:00 gacha  

Yangi O‘zbekiston ko‘chasining Istiqlol ko‘chasidan 3 qavatli yo‘l o‘tkazgichgacha bo‘lgan qismida har ikki yo‘nalishda to‘liq.  

08:00 dan 12:00 gacha  

Jasorat tor ko‘chasining Jasorat ko‘chasidan Yangi O‘zbekiston ko‘chasigacha bo‘lgan qismi yopiladi.  

O‘zA