O‘tgan 2025 yil davomida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Navoiy viloyati hududiy boshqarmasiga iste’molchilardan jami 1 642 ta murojaat kelib tushdi.
Har bir murojaat batafsil o‘rganilib, qonunga muvofiq choralar ko‘rildi. Bu jarayonda fuqarolarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari alohida e’tibor bilan ta’minlandi.
Olib borilgan ishlar natijasida iste’molchilar foydasiga 2,5 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ qayta hisob-kitob qilindi va adolat tiklandi. Bu mablag‘lar orasida xarid narxlarini to‘g‘rilash, xizmat va tovar sifati bo‘yicha kompensatsiyalar ham mavjud.
Bu raqamlar nafaqat murojaatlar ortida inson taqdiri va ishonch turganini ko‘rsatadi, balki iste’molchi huquqlarini himoya qilish doimiy e’tibor markazida ekanini ham yaqqol namoyon etadi. Shuningdek, bunday tizimli ishlar aholi va biznes ishtirokchilari uchun ham ishonchli va ochiq muhitni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
N.Rahmonova, O‘zA